Tramp Kanada va boshqa qo'shni mamlakatlarni sotib olmoqchi
Dunyo
AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Rojdestvo tabrigida, agar Kanada AQShning 51-shtati bo‘lsa, kanadaliklar uchun soliqlar 60% dan ko‘proq kamayishini ma'lum qildi.
Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan tabrikda Tramp Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudoni "Kanada gubernatori" deb ham atadi.
"Rojdestvo muborak! Kanada gubernatori Jastin Tryudoga. Uning fuqarolari uchun soliqlar juda yuqori, lekin agar Kanada 51-shtatga aylansa, ularning soliqlari 60% dan ortiq kamayadi, korxonalari ikki baravarga kengayadi va ular dunyodagi boshqa hech bir mamlakat kabi himoyalangan bo‘lardi", — deb yozgan Tramp.
Tramp, shuningdek, "Panama kanalini g‘ayriqonuniy boshqarayotgan ajoyib xitoylik askarlar"ga va Grenlandiyaga ham Rojdestvo tabrigini yo‘lladi. U Grenlandiya AQShning milliy xavfsizlik maqsadlari uchun zarur ekanini ta’kidladi va orol AQShning o‘z hududida bo‘lishini xohlashini aytdi. "Biz u yerda bo‘lamiz", — deb va’da qildi.
Avvalroq Tramp Vashingtonning Grenlandiyaga egalik qilish "mutlaqo zarur" ekanini bildirgan edi. Shuningdek, u Panama kanalini qaytarib olish istagini izhor etib, kanalni ishlatish uchun olinayotgan yuqori tariflarni tanqid qilgan edi.

Powered by Froala Editor