Qozog‘istonning 5 nafar 20 millioninchi fuqarosiga $4,3 ming beriladi
Dunyo
Prezident Qosim-Jomart To‘qayev Qozog‘iston aholisi soni 20 millionga yetganini ma’lum qildi. 14-noyabr kuni ertalab Qozog‘istonda birdaniga besh nafar 20 millioninchi fuqaro dunyoga kelgan.
14-noyabr kuni ertalab Qozog‘istonda birdaniga besh nafar 20 millioninchi fuqaro dunyoga keldi, deb xabar bermoqda Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Ulitau, Jetisu, Atirau, Akmola va Turkiston viloyatlarida deyarli bir vaqtning o'zida uch o'g'il va ikki qiz tug‘ilgan. Qayd etilishicha, soʻnggi besh yilda mamlakat aholisi 8,8 foizga oshgan.
“2022-yilda mamlakatda 410 ming bola tug‘ilgan bo‘lsa, joriy yil boshidan buyon 339 650 nafar bola dunyoga kelgan”, deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.
Endi Qozog‘istonning barcha 20 millioninchi fuqarosi maxsus tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va 2 million tenge (4,3 ming dollar)lik uy-joy uchun sertifikatga ega bo‘ladi.
“Biz ularga har birining nominal qiymati 2 million tenge bo‘lgan sovg‘a sertifikatini beramiz. Bu sertifikat shunchaki sovg‘a emas, bu yorug‘ kelajakka yo‘llanma. Ushbu mablag'lar o'z uyingizni sotib olish yo'lidagi birinchi qadam bo'ladi. Bu bolalarning ota-onalari o‘z shahridagi bank filialiga kelib, o‘zlarining shaxsiy guvohnomasi va bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasini ko‘rsatishi kerak. Buning uchun uch oy muhlat berilgan”, deydi “Otbasy Bank” AK boshqaruvi raisi Lyazzat Ibragimova.

Powered by Froala Editor