Qozogʻistonning birinchi Prezidenti Oʻzbekiston yetakchisini tavallud kuni bilan tabrikladi
O'zbekiston
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozogʻiston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.
Nursulton Nazarboyev mamlakatimiz yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, unga chin dildan mustahkam sogʻliq, oilaviy baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, qardosh Oʻzbekiston xalqiga esa tinchlik, barqaror taraqqiyot va farovonlik tilaklarini izhor etdi.
Oʻzbekiston – Qozogʻiston doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari bugungi kunda yuksak darajaga koʻtarilgani hamda barcha ustuvor yoʻnalishlarda koʻp qirrali hamkorlik jadal surʼatlarda rivojlanayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Powered by Froala Editor