Qozon shahrida VI BRIKS o‘yinlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Dunyo

12-iyun kuni Qozon shahrida (Rossiya) VI BRIKS o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi.

Qozon shahrida VI BRIKS o‘yinlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
Shahardagi Xalqaro ekspomarkazida tashkil etilgan tadbir dunyoning turli burchaklaridan kelgan ishtirokchilar va mehmonlarni jamladi.

Marosimda O‘zbekiston delegatsiyasining bayroqdori akademik eshkak eshish boʻyicha Osiyo oʻyinlarining oltin va kumush medallari sohibi Alisher Turdiyev boʻldi.

BRIKS o'yinlari 12–24-iyun kunlari bo'lib o'tadi va Qozon shahridagi 15 ta sport inshootlari tadbir uchun foydalaniladi. 93 davlatdan besh mingga yaqin ishtirokchi sportning 27 turi bo‘yicha 387 medallar jamlanmasi uchun kurash olib boradi.

Musobaqada Oʻzbekiston delegatsiyasi 23 sport turida 249 nafar sportchi bilan ishtirok etmoqda. Hamyurtlarimiz bugundan medallar uchun kurashni boshlashadi.

Eslatib o‘tamiz, BRIKS o‘yinlari Rossiyada birinchi marta o‘tkazilmoqda. Oʻyinlar 2016-yilda Hindistonda, 2017-yilda Xitoyda, 2018–2023-yillarda Janubiy Afrikada boshlangan. 2024 yilgi oʻyinlardan suzish, qilichbozlik va yengil atletika kabi sport turlari, shuningdek, akrobatik rok-n-roll va ushu kabi ekzotik yoʻnalishlar o’rin olgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing