Quruvchi-pudratchilarni “obnal” va “o‘g‘irlik” qilishiga sharoit yaratilgani tanqidlandi

Siyosat

Videoselektorda prezident, bugungi kunda loyiha tashkilotlari obyekt qiymatini imkon qadar “shishirishga” harakat qilayotganini qayd etdi. Sababi, loyiha qancha qimmat bo‘lsa, loyihachi shuncha ko‘p pul oladi.

Quruvchi-pudratchilarni “obnal” va “o‘g‘irlik” qilishiga sharoit yaratilgani tanqidlandi
Shu bois, aksariyat loyihalarda keraksiz xizmatlar, ortiqcha hashamat qo‘shib kiritilmoqda.

Masalan, 2023 yilda loyihalarda 3 trillion so‘mlik bunday keraksiz xarajatlar oldi olindi.

Aksincha, iqtisod qilishga kelganda, quruvchilarning ish haqi va asosiy qurilish materiallari narxi bozordan past narxlarda hisoblanmoqda.

Bularning hammasi quruvchi-pudratchilarni “obnal” va “o‘g‘irlik” qilishiga, sifatsiz qurilish materiallarini ishlatishiga sharoit yaratayotgani, "yashirin" qurilish materiallari bozori vujudga kelgani qayd etildi.

Hokim va prokurorlar vaziyatga e’tiborsizligi qattiq tanqid qilinib, ularning bu boradagi qat’iy javobgarligi belgilandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing