Radada pora bilan bog‘liq ish: OAV Timashenkoni tilga olmoqda

Dunyo

Ukrainaning korrupsiyaga qarshi organlari Oliy Rada deputatlarini pora bilan bog‘liq jinoyat ishi yuzasidan tergov olib borilayotganini ma’lum qildi. Ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, ishda parlament fraksiyalaridan birining yetakchisi ishtirok etgan bo‘lishi mumkin.

Radada pora bilan bog‘liq ish: OAV Timashenkoni tilga olmoqda
Ukraina Milliy korrupsiyaga qarshi byurosi (NABU) va Maxsus korrupsiyaga qarshi prokuratura (SAP) ma’lumotiga ko‘ra, siyosatchilardan biri ayrim qonun loyihalari bo‘yicha “yoqlab” yoki “qarshi” ovoz berish evaziga deputatlarga moddiy manfaat taklif qilgan.

Rasmiy ravishda gumonlanuvchilarning ismlari oshkor etilmagan. Biroq “Ukrainska pravda”, “Suspilne” va BBC Ukraina xizmati xabarlariga ko‘ra, ish materiallarida “Batkivshchina” partiyasi rahbari Yuliya Timoshenko hamda “Xalq xizmatchisi” fraksiyasi yetakchisi David Araxamiya tilga olinmoqda.

“Obozrevatel” nashrining yozishicha, Timoshenkoga “Xalq xizmatchisi” deputati Yuriy Kisel bilan bog‘liq epizod bo‘yicha gumon e’lon qilingan. Kisel avvalroq parlamentdagi ovoz berish uchun noqonuniy manfaat olganlikda gumon qilingan edi.

Tergov davom etmoqda. Huquq-tartibot idoralari barcha qarorlar qonun doirasida qabul qilinishini ta’kidlamoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing