Ramazon Kunlarida — Ma’naviy Merosni Asrash Yo‘lidagi Muhim Qadam
O'zbekiston
Muborak Ramazon oyi — ma’naviy poklanish, saxovat va ezgu amallar faslida yurtimizda ahamiyatli voqea yuz berdi. Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida joylashgan Amiri Axtam ziyoratgoh majmuasi yangilangan qiyofada tantanali ravishda ochildi.
Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2021-yil 12-oktabrdagi tarixiy-diniy meros obyektlarini asrab-avaylash va obodonlashtirishga qaratilgan qarori doirasida amalga oshirildi. Mamlakatimizda muqaddas qadamjolarni zamonaviylashtirish ishlari izchil davom etmoqda. Bu esa ziyoratchilar uchun qulay sharoit yaratish, infratuzilmani yaxshilash hamda ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
BMB HOLDING tomonidan ajratilgan qariyb 5 mlrd so‘mlik beg‘araz mablag‘ hisobidan majmua to‘liq rekonstruksiya qilindi: hudud obodonlashtirildi, zamonaviy infratuzilma yaratildi, 1 kilometrdan ortiq yo‘l asfaltlandi. Majmua Respublika Madaniy meros agentligi balansiga topshirildi.
Ramazon oyida amalga oshirilgan ushbu tashabbus ezgulik, saxovat va tarixiy xotiraga hurmat ramzi sifatida alohida ma’no kasb etdi.

Powered by Froala Editor