Rasmiy Pekin: Tayvan mustaqilligi urush demakdir

Dunyo

Xitoy "Tayvan mustaqilligi" ga qaratilgan separatistik harakatlarga toqat qilmaydi. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashining Tayvan ishlari bo‘yicha boshqarmasi vakili Chen Binxua ma'lum qildi.

Rasmiy Pekin: Tayvan mustaqilligi urush demakdir
"Men "Tayvan mustaqilligi" urush degani ekanligini ta'kidlamoqchiman", dedi u.

Binxuaning ta'kidlashicha, Xitoy Tayvan bilan tinch yo'l orqali birlashish uchun keng imkoniyatlarni taqdim etishga tayyor, ammo "Tayvan mustaqilligi" ga qaratilgan separatistik harakatlarga toqat qilmaydi.

Xitoy vakilining aytishicha, XXR Tayvandagi separatistik kuchlar orolning mustaqilligini targ‘ib qiluvchi voqealarni qo‘zg‘atsa, ularga toqat qilmoqchi emas va ularga nisbatan yumshoqlik ko‘rsatmoqchi emas.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing