RCOY Central Asia 2026 konferensiyasida qariyb 100 nafar yosh ekolog faollar va ekspertlar jam bo‘ldi

O'zbekiston

Markaziy Osiyoda suv va iqlim masalalariga bag‘ishlangan «RCOY Central Asia 2026» mintaqaviy yoshlar konferensiyasi o‘tkazilmoqda. Unda mintaqa mamlakatlari, shuningdek, Ozarbayjon, Mo‘g‘uliston va Turkiyadan qariyb 100 nafar yosh ekolog-faol va ekspert ishtirok etmoqda.

RCOY Central Asia 2026 konferensiyasida qariyb 100 nafar yosh ekolog faollar va ekspertlar jam bo‘ldi
Konferensiyaning ochilish marosimida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva iqlim o‘zgarishi va suv resurslari xavfsizligi Markaziy Osiyo uchun umumiy va dolzarb masalalar ekanini ta’kidladi. U mazkur muammolarni samarali hal etish uchun mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ularning qarorlar qabul qilish jarayonidagi ishtirokini kengaytirish muhimligini qayd etdi.

Konferensiyada O‘zbekiston, Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston, shuningdek, Ozarbayjon, Mo‘g‘uliston va Turkiya vakillari qatnashmoqda.

Dasturdan iqlim siyosati va davlat boshqaruvi, suv resurslaridan oqilona foydalanish, muzliklarning erishi va cho‘llanish masalalariga bag‘ishlangan ekspert sessiyalari hamda ochiq munozaralar o‘rin olgan. Shuningdek, amaliy seminarlar, davlat organlari vakillari bilan uchrashuvlar va madaniy almashinuv dasturlari tashkil etiladi.

Konferensiya yakunida iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan yoshlar taklif va tashabbuslari umumlashtiriladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing