Rectorlar ko‘proq vakolat — va ko‘proq javobgarlik oladi
O'zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev oliygohlarni boshqarish va moliyalashtirish tizimini tubdan yangilashni taklif qildi. Rektorlar kengroq vakolatga ega bo‘ladi, oliygoh byudjeti esa ularning yutuqlariga — bitiruvchilarning ishga joylashishi va ilmiy natijalariga — bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oliygohlarning samaradorligini oshirish, rektorlarning vakolat va javobgarligini kengaytirishga qaratilgan yangi yondashuv muhokama qilindi.
Universitetlarda “Yangi O‘zbekiston” modeli asosida baholash tizimi joriy etiladi. Moliyalashtirish to‘plangan ballar soniga bog‘liq bo‘ladi:
bitiruvchilarni ishga joylashtirish — 40 ballgacha;
tarmoq buyurtmasi asosida tadqiqotlar va mahsulot sotish — 30 ballgacha;
xalqaro nufuzli jurnallarda maqolalar — 20 ballgacha;
mahalliy va xorijiy grantlar jalb qilish — 10 ballgacha.
Masalan, oliygoh jami ballarning 85 foizini yig‘sa, bu yilgi byudjetga qo‘shimcha 20 foiz bonus qo‘shiladi. Agar natija 56 foizdan past bo‘lsa, kelgusi o‘quv yili moliyalashtirish qisqaradi.
Ilmiy oliygohlar (Milliy universitet, Irrigatsiya universiteti) va ijtimoiy-gumanitar oliygohlar (Konservatoriya, Madaniyat va san’at instituti) texnika yo‘nalishidagi amaliy oliygohlar bilan bir xil mezonlar bo‘yicha baholanmaydi — ular uchun alohida ko‘rsatkichlar ishlab chiqiladi.
Shuningdek, “Yangi O‘zbekiston” universitetida rektorlar maktabi ochilib, rektor va prorektorlikka nomzodlar tayyorlanadi. Eng yaxshi bitiruvchilar Garvard universitetida malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Rectorlarga quyidagi mustaqilliklar beriladi:
prorektorlarni mustaqil tayinlash,
shtat va moliyani taqsimlash,
professor-o‘qituvchilar uchun tabaqalashtirilgan “super” kontraktlar belgilash,
rahbarlikka nomzodlarning yillik dasturini oliygoh kengashida himoya qildirish.
Yangi tartibga ko‘ra, bitiruvchilarning bandligini baholashda o‘zini o‘zi band qilganlar hisobga olinmaydi.

Powered by Froala Editor