O‘zbekiston va Xitoy o‘nlab milliard dollarlik yangi loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldi
O'zbekiston
Pekinda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin muzokaralar o‘tkazdi. Davlat rahbarlari har tomonlama strategik sheriklikni kengaytirish, iqtisodiy va gumanitar aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, o‘nlab milliard dollarlik yirik loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.
2-sentabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning rasmiy tashrifi doirasida Pekinda O‘zbekiston va Xitoy delegatsiyalari ishtirokida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar o‘zaro munosabatlarning yuqori darajasini tasdiqladilar va doimiy strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga kelishib oldilar.
2024-yilda savdo hajmi 14 milliard AQSh dollaridan oshdi, 2025-yilda esa yana 23 foizga o‘sishi kutilmoqda. Maqsad – ko‘rsatkichni sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berish hisobiga 20 milliard dollarga yetkazishdir. Investitsiya portfeli 60 milliard dollardan oshib, o‘tgan yili 10 milliard dollarlik 64 loyiha amalga oshirildi. O‘zbekistonda qo‘shma texnoparklar, sanoat zonalari faoliyat yuritmoqda, BYD elektromobillari ishlab chiqarilishi kengaytirilmoqda.
Tashrif arafasida bo‘lib o‘tgan biznes-forumda “yashil” energetika, transport, minerallarni qayta ishlash, kimyo va qishloq xo‘jaligi sohalari, turizm va shaharsozlik bo‘yicha tashabbuslar muhokama qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston-Xitoy sun’iy intellekt markazini yaratishga alohida e’tibor qaratildi.
Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘lining amaliy qurilish bosqichi boshlandi. Pekin Eksimbanki ko‘magida Toshkentda Olimpiya shaharchasi qurib bitkazildi.
Ta’lim sohasida hamkorlik faollashmoqda: Shimoli-g‘arbiy qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi universiteti filiali, Xalqaro matematika markazi va Syan neft universiteti filiali ochildi. Yaqin yillarda Pekin texnologiya instituti filiali ham ochilishi, shuningdek, energetika, mashinasozlik, sun’iy intellekt, tibbiyot va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash uchun “Lu Ban ustaxonalari” tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.
Tomonlar xitoy tilini o‘rganishni kengaytirish, o‘zbek yoshlariga ajratiladigan kvotalarni ko‘paytirish, madaniy va turistik almashinuvlarni rivojlantirishga kelishib oldilar. Ikki davlat o‘rtasida vizasiz tartib joriy etildi va aviaqatnovlar soni oshirildi. Keng ko‘lamli qo‘shma ko‘rgazmalar va madaniyat markazlarini ochish ham rejalashtirilmoqda.
BMT, SHHT va “Markaziy Osiyo – Xitoy” formatida hamkorlikni davom ettirish tasdiqlandi. Prezident Mirziyoyev Si Szinpinni O‘zbekistonga tashrif buyurishga taklif qildi. Muzokaralar do‘stona va ishonchli ruhda o‘tdi.

Powered by Froala Editor