Robaxon Maxmudova "Adolat" SDP raisi etib saylandi

Siyosat

Bahrom Abduhalimov o‘z arizasiga muvofiq, Siyosiy Kengash a’zolarining ochiq ovoz berish yo‘li bilan partiya Siyosiy Kengashi raisi lavozimidan ozod etildi.

Robaxon Maxmudova "Adolat" SDP raisi etib saylandi
Bugun, 20-yanvar kuni "Adolat" sosial demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining Plenumi bo‘lib o‘tdi.

Plenumda partiyaning 2023-yilgi faoliyati yakunlari hamda 2024-yilgi faoliyat yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Shuningdek, Plenumda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi raisi Bahrom Abduhalimov o‘z arizasiga muvofiq, Siyosiy Kengash a’zolarining ochiq ovoz berish yo‘li bilan partiya Siyosiy Kengashi raisi lavozimidan ozod etildi.

Partiya raisligiga Maxmudova Robaxon Anvarovna nomzodi ko‘rib chiqilib, Siyosiy Kengash a’zolari tomonidan ochiq ovoz berish yo‘li bilan saylandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing