Ronaldu yangi tarixiy rekord o'rnatdi

Sport

Saudiya Arabistonining "Al-Nasr" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 1 200ta o'yinda ishtirok etdi, bu esa maydon o'yinchilari orasida rekord ko‘rsatkichdir.

Ronaldu yangi tarixiy rekord o'rnatdi
Portugaliya terma jamoasi va Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi futbolchisi Krishtianu Ronaldu professional faoliyati davomida 1 200 ta o‘yinda qatnashib, maydon o'yinchilari orasida tarixiy rekord o’rnatdi.

Faqatgina darvozabonlar Piter Shilton (1 375ta o‘yin), Pol Bestok (1 286ta o‘yin), Rojerio Seni (1 237ta o‘yin) va Fabio Lopes (1 212ta o‘yin) professional futbolda Ronalduga qaraganda ko‘proq o‘yinlarda ishtirok etishgan.

Ronaldu besh karra “Oltin to‘p” sohibi, besh karra Chempionlar Ligasi g‘olibi, shuningdek, Yevropa chempioni va Millatlar ligasi g‘olibi sanaladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing