Rossiya fuqaroligidan voz kechgan milliarderlar soni oshmoqda

Dunyo

Milliarder Alisher Usmonovning sobiq sherigi, tadbirkor Vasiliy Anisimov Ukrainada urush boshlanganidan keyin Rossiya fuqaroligidan voz kechgan yettinchi milliarder bo'ldi. Bu haqda “Forbes” nashri xabar berdi.

Rossiya fuqaroligidan voz kechgan milliarderlar soni oshmoqda
“Anisimov Xorvatiya fuqarosi bo'lib, ushbu mamlakat iqtisodiyotiga 11 million dollar sarmoya kiritgan”, deyiladi xabarda.

Nashr ma'lumotlariga ko'ra, Rossiya fuqaroligidan voz kechganidan so'ng, Anisimov Rossiyaga biznes vizasi bilan kirib chiqadi.

Anisimov “Forbes”ga 2022-yil sentabr oyida Rossiya fuqaroligidan chiqqan hujjatlarni taqdim etgan.

Qayd etilishicha, urush boshlanganidan keyin ko'plab ishbilarmonlar, shu jumladan “Forbes” ro'yxatidagi milliarderlar Rossiya fuqaroligidan voz kechgan. Ular orasida sobiq bankir Oleg Tinkov va “Revolut” to'lov xizmatining asoschisi Nikolay Storonskiy, shuningdek, tog'li Qorabog' hukumatini boshqargan va hozirda Ozarbayjonda hibsda bo'lgan "Troika dialog"ning sobiq rahbari Ruben Vardanyanlar bor.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing