Rossiya Germaniyaning vakolatxonalarni yopish qarorini Berlin harakatlariga javob deb atadi
Dunyo
Rossiyaning Germaniyadagi elchixonasi Moskvaning Germaniyaning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxonasi va Gyote instituti filiallarini yopish qarorini Berlin harakatlariga “oynadagi javob” deb atadi. Diplomatik vakolatxona Germaniyaning Rossiyaning Bonndagi konsulxonasini yopish va xodimlarini mamlakatdan chiqarish haqidagi qarorini ham izohladi.
Germaniya hukumati 1-sentabr kuni Rossiyaning Bonndagi Bosh konsulxonasini 18-sentabrdan yopishini, Berlindagi Rossiya uyi bo‘yicha kelishuvni bekor qilishini va Rossiya fuqarolariga nisbatan ayrim choralarni kuchaytirishini ma’lum qilgan. Berlin bu qarorlarni Leypsig/Galle aeroportidagi dron bilan bog‘liq hodisa yuzasidan hukumat xulosalari bilan izohladi.
Rossiya elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, 150 dan ortiq Rossiya vakolatxonalari xodimlari va ularning oila a’zolari Germaniyani tark etishi kerak. Ular uchun 18-sentabrgacha muddat belgilangan.
Rossiya tomoni Leypsig aeroportida topilgan nosoz dron bo‘yicha ayblovlarni asossiz deb atadi. Elchixona bayonotida «Никаких доказательств, никаких аргументов, только привычные рассуждения в стиле “хайли-лайкли”» deyiladi.
Diplomatik vakolatxona Germaniya choralarining “o‘lchovli va mutanosib” javob sifatida ta’riflanishini ham tanqid qildi. «Находка сломанного дрона непонятного происхождения, не причинившего вреда, — это “разумный” повод для выдворения из страны в авральном режиме более 150 сотрудников российских представительств и членов их семей?» — deyiladi bayonotda.
Germaniya hukumati esa Leypsigdagi hodisa bo‘yicha olib borilgan tekshiruvlar Rossiya javobgarligini ko‘rsatganini va qabul qilingan choralarni mutanosib deb hisoblashini bildirdi.

Powered by Froala Editor