Rossiya IIV amerikalik senatorni qidiruvga berdi

Dunyo

Rossiya Ichki ishlar vazirligi qidiruv bazasida Amerika Qoʻshma Shtatlari respublikachi senatori Lindsi Grem nomi yozilgan karta paydo boʻldi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.

Rossiya IIV amerikalik senatorni qidiruvga berdi
Avvalroq Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin rossiyaliklarning qotilligi haqidagi bayonotlari fakti bo‘yicha amerikalik siyosatchiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atishni topshirgan edi.

“Grem Lindsi Olin, amerikalik, 1955-yil 9-iyulda tugʻilgan, Jinoyat kodeksining moddasi boʻyicha qidiruvga berilgan”, deyiladi departament maʼlumotlar bazasida. Departament qaysi modda ekanligini koʻrsatmagan.

26-may kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning idorasi uning amerikalik senator bilan uchrashuvi aks etgan qisqa videoni e’lon qildi. Unda Lindsi Grem shunday iboralarni aytdi: "Ruslar o'lmoqda" va "Biz hech qachon pulni bunchalik yaxshi sarf qilmaganmiz".

AQSh senatorining montaj qilingan videosi Rossiya rasmiylarining keskin munosabatiga sabab bo‘ldi. Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov bunday senatorlarning mavjudligi “mamlakat uchun katta sharmandalik” ekanini aytdi.

Rossiya Xavfsizlik Kengashi rahbari o'rinbosari Dmitriy Medvedev esa quyidagicha izoh qoldirdi: “U behuda. Uning sevimli Amerikasida nafaqat oddiy odamlar muntazam ravishda o'ldiriladi, balki senatorlarni oʻldirish uchun harom pullar sarflanadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing