KXDR AQShni koinotda yadro urushiga tayyorgarlik ko‘rishda aybladi

Dunyo

Shimoliy Koreya Donald Trampning kosmik mudofaa tizimini yaratish haqidagi bayonotiga keskin munosabat bildirib, loyihani yadro urushiga tayyorgarlik deb atadi.

KXDR AQShni koinotda yadro urushiga tayyorgarlik ko‘rishda aybladi
KXDR yetakchisi Kim Chen In prezident Donald Tramp "Oltin gumbaz" mudofaa tashabbusi boshlanganini e’lon qilganidan so‘ng AQShni tanqid qildi, Amerika yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, u uch yildan so‘ng tayyor bo‘ladi va Xitoy hamda Rossiyaning koinotdagi ilg‘or raketalarini tutib olish uchun mo‘ljallangan. Loyiha qiymati 175 milliard dollarga baholanmoqda.

"Oltin gumbaz - Amerikaning manmanlik va o‘zboshimchalik siyosatining navbatdagi mahsulidir," - dedi Kim Chen In. - Bu loyiha - kosmosdagi yadro urushi ssenariysi.

Shu bilan birga, Shimoliy Koreya o‘z harbiy texnologiyalarining o‘sishini namoyish etmoqda. Yaqinda Pxenyanda sun’iy intellekt elementlariga ega kamikadze-dron, shuningdek, erta ogohlantirish tizimi vazifasini bajaruvchi havo vositasi taqdim etildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, qurilma Rossiya yuk samolyoti asosida yaratilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing