Rossiya ilk bor Ukrainaga qit’alararo ballistik raketa uchirdi
Dunyo
Rossiya va Ukraina munosabatlari keskin tus oldi. Rossiya bugun ilk bor Dnepr bo‘ylab qit’alararo ballistik raketa uchirdi.
Bu haqida Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) xabar berdi. Hujum Astraxan viloyatidagi poligondan amalga oshirilgani aytilmoqda. Ushbu ma’lumotning mustaqil tasdig‘i mavjud emas.
Qit’alararo ballistik raketa besh ming kilometr masofani bosib o‘tishi mumkin, ammo ularning ba’zilari to‘qqiz ming kilometrdan ortiq masofaga mo‘ljallangan.
Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlari 21-noyabr kuni ertalab Rossiya qo‘shinlari tomonidan uchirilgan oltita X-101 qanotli raketalarini urib tushirgan.
Qit’alararo ballistik raketa zarbasining oqibatlari haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.
Bu Ukraina armiyasi 19-noyabr kuni AQSHning uzoqqa uchuvchi ATACMS raketalari bilan Rossiyaga bergan zarbasi uchun javob bo‘lishi mumkin degan tahminlar mavjud.

Powered by Froala Editor