Rossiya Starlink analogi orbital guruhini kengaytirmoqda
Texnologiya
Rossiya o‘zining past orbital sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimini rivojlantirishni davom ettirmoqda. «Byuro 1440» kompaniyasi «Rassvet» loyihasi doirasida navbatdagi sun’iy yo‘ldoshlar guruhini muvaffaqiyatli orbitaga chiqardi. Loyiha keng polosali internet xizmatlarini taqdim etishga mo‘ljallangan bo‘lib, Starlink’ning mahalliy analogi sifatida ishlab chiqilmoqda.
Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, sun’iy yo‘ldoshlar raketadan ajralgach, Parvozlarni boshqarish markazi bilan muvaffaqiyatli aloqa o‘rnatdi. Sinovlar yakunlangach va barcha tizimlar ishga tushirilgach, ular xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan orbitaga o‘tkaziladi. Orbitaga chiqarilgan apparatlar soni oshkor qilinmadi.
«Rassvet» loyihasi signal kechikishi 70 millisekundgacha bo‘lgan sharoitda 1 Gbit/s tezlikdagi internetni ta’minlay oladigan past orbital sun’iy yo‘ldosh tizimini yaratishni nazarda tutadi. Xizmatni tijorat asosida ishga tushirish 2027-yilga, ilk mijozlar sinovlari esa 2026-yilga rejalashtirilgan.
Loyihaning global qamrovini ta’minlash uchun orbitaga 250 dan ortiq sun’iy yo‘ldosh chiqarilishi rejalashtirilgan. 2030-yilga borib tizim 292 ta faol apparatdan iborat bo‘lishi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor