Rossiya tankerlari suvosti kabellariga zarar yetkazgan
Dunyo
Find tergovchilari Rossiya tankerini Finlyandiya va Estoniya o‘rtasidagi suvosti kabeliga zarar yetkazishda gumon qilinmoqda. Finlyandiya hukumati Baltik dengizida joylashgan Eagle S tankerini 25-dekabr kuni Estlink2 kabeliga zarar yetkazganlikda gumon qilib hibsga oldi.
Mazkur suvosti elektr uzatish liniyasi uzilganidan so‘ng dengiz tubida shubhali izlar topilganini tergovchi Sami Payla ma’lum qildi:
"Izlarning uzunligi o‘nlab kilometrlarni tashkil etadi."
Ushbu izlar gumon uyg‘otib, hibsga olingan tankerning langari dengiz tubiga sudrab, kabelga zarar yetkazgan bo‘lishi mumkinligi ehtimolini ko‘rsatmoqda. Hozirda politsiya tankerni kriminalistik tekshiruvdan o‘tkazmoqda, ekipajni so‘roq qilmoqda va dengizdan uzilgan langarni izlamoqda.
Eagle S tankeri Kuk orollari bayrog‘i ostida harakatlanadi va Yevropa Ittifoqi rasmiylari fikricha, u "soya ostidagi Rossiya floti" tarkibiga kiradi.

Powered by Froala Editor