Rossiya va Belarus o‘rtasida xavfsizlik (yadroiviy) shartnomasi imzolandi

Dunyo

Putin Minskka tashrifi chog‘ida, Rossiya va Belarus o‘rtasidagi xavfsizlik kafolatlari, agar zarurat bo‘lsa, mavjud barcha kuch va vositalarni, jumladan, yadroviy qurollarni qo‘llashni nazarda tutishini ta’kidladi hamda 6-dekabr kuni Minskda tegishli shartnoma imzolandi.

Rossiya va Belarus o‘rtasida xavfsizlik (yadroiviy) shartnomasi imzolandi
Shartnoma Rossiya va Belarusning suverenitet, mustaqillik, konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilish, hududiy yaxlitlik va tashqi chegaralarni qo‘riqlash bo‘yicha o‘zaro majburiyatlarini belgilaydi.

"Bu barcha mavjud kuch va vositalarni qo‘llashni o‘z ichiga oladi. Jumladan, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko taklifi bilan respublika hududida joylashtirilgan Rossiya taktik yadroviy qurollari haqida gap ketmoqda," — dedi Putin.

Yig‘ilish kun tartibida Rossiya va Belarusning umumiy mudofaa makonini mustahkamlash va ittifoq qurilishi masalalari muhokama qilindi. Belarus Sovet Ittifoqi parchalanganidan so‘ng yadroviy qurolidan voz kechgan edi, u 1996-yilning noyabriga qadar to‘liq olib chiqib ketilgan. 2023-yil mart oyida Putin Rossiyaning taktik yadroviy qurollarini Belarusda joylashtirish rejalarini e’lon qildi.

Bu qaror AQShning Yevropa davlatlarida yadroviy qurollarini joylashtirish siyosatiga javob sifatida izohlangan. Iyun oyida Putin ushbu qurollarning birinchi partiyasi Belarusga yetkazilganini ma’lum qilgan va yil oxirigacha barcha ishlar yakunlanishini bildirgan edi.

Rossiya yadroviy doktrinasini yangilab, mamlakat va uning ittifoqchilariga qarshi tajovuzni to‘xtatish oliy davlat ustuvor vazifa ekanini qayd etdi. Doktrinaga ko‘ra, yadroviy qurollarni qo‘llash imkoniyati, jumladan, Belarusning mavjudligiga xavf tug‘ilganda ham nazarda tutilgan.

Belarus Xavfsizlik Kengashi kotibi Aleksandr Volfovichning aytishicha, 6-dekabr kuni Lukashenkoning o‘z “yadroviy portfeli” va “qizil tugmasi” borligi ma’lum qilingan. Volfovichning so‘zlariga ko‘ra, Belarus hududida joylashgan qurolni faqat Lukashenko, Rossiyada joylashganini esa faqat Putin qo‘llashga ruxsat bera oladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing