Rossiya va Suriya Rossiyaning qirg‘oqdagi mavjudligi formatini o‘zgartirishga kelishdi
Dunyo
Rossiya va Suriya Suriya qirg‘og‘idagi Rossiya mavjudligining yangi formatini belgilovchi o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi. Kelishuv qariyb bir yarim yil davom etgan muzokaralar natijasida erishilgan bo‘lib, fuqarolik obyektlarini Suriya hukumati boshqaruviga o‘tkazishni nazarda tutadi.
Memorandumga ko‘ra, Suriya Xmeymim aeroporti va Tartus portidagi to‘rtinchi tijoriy prichalni boshqaruviga oladi. Ushbu obyektlarni mamlakat fuqarolik infratuzilmasiga bosqichma-bosqich integratsiya qilish rejalashtirilgan. Tartusdagi Rossiya tomonidan boshqarilgan boshqa tijoriy obyektlar ham Suriya tomoniga o‘tkaziladi.
Harbiy obyektlarning maqomi ham o‘zgaradi. Xmeymim va Tartusdagi Rossiya harbiy obyektlari avvalgi format o‘rniga qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot va malaka oshirish markazlariga aylantirilishi ko‘zda tutilgan. Yangi tizimga o‘tish uch oy ichida yakunlanishi kerak.
Suriya Tashqi ishlar vazirligi memorandumni Moskva bilan so‘nggi 18 oy davomida olib borilgan muzokaralarning eng muhim natijasi deb atadi. Shu bilan birga, kelishuv Rossiyaning Suriyadagi mavjudligini to‘liq tugatishni emas, balki uning formatini qayta tashkil etish va obyektlar funksiyalarini qayta taqsimlashni nazarda tutadi.

Powered by Froala Editor