Rossiyada endi “oligarxlar” yo’q
Dunyo
"Yevropa Ittifoqining rasmiy jurnali" da ruslarning tavsifidagi "oligarx" so'zi endi "yetakchi biznesmen" iborasi bilan almashtirildi.
Yevropa Ittifoqi Kengashi qora ro'yxatga kiritilgan Rossiya Federatsiyasining 140 jismoniy va 41 yuridik shaxslari to'g'risidagi ma'lumotlarga o'zgartirishlar kiritdi.
Yevropa Ittifoqi Ukrainadagi vaziyat tufayli Rossiyaga qarshi ko'plab iqtisodiy va individual sanksiyalarni qabul qildi. Ular orasida rossiyalik ishbilarmonlar, jurnalistlar va kompaniyalarga qarshi sanksiyalar mavjud.
O'tgan yili 60 dan ortiq tadbirkorlar Lyuksemburgdagi Yevropa Adliya sudiga Yevropa Ittifoqining sanksiyalar ro'yxatiga kiritilishiga qarshi da'vo arizasi bilan murojaat qilishdi. Ishbilarmonlar o'zlarining asosiy huquqlari buzilgani, xususan, Yevropa Ittifoqidagi aktivlari noqonuniy ravishda muzlatilgan deb hisoblashadi. Bundan tashqari, ko'pchilik Yevropa Ittifoqi sudida"oligarxlar" emasligini da'vo qilishdi.

Powered by Froala Editor