Tramp: NATO har yili 1 trillion dollarlik harbiy xarajatlarni maqsad qilgan
Dunyo
AQSH prezidenti Donald Tramp NATO davlatlarining yillik mudofaa xarajatlarini 1 trillion dollardan oshirish rejalarini e’lon qildi. Bu haqda u Gaagada bo‘lib o‘tayotgan Shimoliy Atlantika alyansi sammitida aytib o‘tdi.
NATOga a’zo "deyarli barcha" davlatlar mudofaa xarajatlarini yalpi ichki mahsulotning 5 foizi darajasiga "juda tez" yetkazish uchun o‘z rejalarini tezlashtirmoqda, dedi Tramp AQSH mudofaa vaziri Pit Xegset va davlat kotibi Marko Rubio bilan birga nutq so‘zlar ekan.
Oq uy rahbarining ta’kidlashicha, alyansning harbiy byudjyetidagi AQShning hozirgi ulushi "boshqalarga qaraganda ancha yuqori" bo‘lib, u buni adolatsiz deb hisoblaydi. Shu bilan birga, moliyalashtirishning o‘sishi, uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar uchun "katta yutuq" bo‘ladi.
Tramp, shuningdek, yaqinda Eron yadroviy obektlariga berilgan zarbalarga izoh berib, shunday dedi: "Biz (urush) tugadi deb o‘ylaymiz. Ular endi bir-birlariga hujum qilishmaydi, deb o‘ylayman.
Prezident operatsiyani "juda muvaffaqiyatli" deb ta’rifladi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, zarbalar Eronning yadro qurolini ishlab chiqish qobiliyatini "ko‘p yillar orqaga surib yuborgan."

Powered by Froala Editor