Rossiyada prezidentlik saylovi qachon o‘tkazilishi ma'lum bo'ldi

Siyosat

Saylov 2024-yil 17-martga belgilangan. Markaziy saylov komissiyasi rahbari Pamfilovaning aniqlik kiritishicha, 8-dekabr kuni Markaziy saylov komissiyasi uch kun – 15, 16 va 17-mart kunlari Rossiya Prezidenti saylovlarida ovoz berish bo‘yicha qaror loyihasini ko‘rib chiqadi.

Rossiyada prezidentlik saylovi qachon o‘tkazilishi ma'lum bo'ldi
Rossiya Federatsiyasi Kengashi yalpi majlisida mamlakatda prezidentlik saylovini 2024-yil 17-martga tayinlash to'g'risida qaror qabul qilindi, u rasmiy e'lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.

Qaror bir ovozdan qabul qilindi. Unga 162 senator ovoz berdi.

Federatsiya Kengashining Konstitutsiyaviy qonunchilik va davlat qurilishi qo‘mitasi rahbari Andrey Klishasning TASS’ga aytishicha, Federatsiya Kengashi qarorining kuchga kirishi aslida saylov kampaniyasini boshlaydi. Bundan tashqari, senatorning aniqlik kiritishicha, Rossiya Markaziy saylov komissiyasi saylovni tayinlash to‘g‘risidagi qaror e’lon qilingan kundan boshlab 10 kundan kechiktirmay ko‘p kunlik ovoz berishni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. Bunday qaror qayta ko'rib chiqilmaydi.

Saylov qonunchiligiga ko'ra, saylov sanasi to'g'risidagi qaror Federatsiya Kengashi tomonidan qabul qilinadi. Parlamentning yuqori palatasi ovoz berish sanasini saylov kuniga 100 kundan kechiktirmay va kamida 90 kun qolganda belgilaydi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing