Rossiyada suvosti gipertovushli raketalar sinovdan o'tkazildi

Dunyo

Rossiya va AQSh harbiy rahbarlari Ukrainadagi vaziyat haqida telefonda muloqot qilishdi. Suhbat davomida Rossiyada suvosti gipertovushli raketalar sinovdan o'tkazilganligi aytib o'tilgan.

Rossiyada suvosti gipertovushli raketalar sinovdan o'tkazildi
Rossiya Qurolli Kuchlari Bosh shtabi rahbari Valeriy Gerasimov va AQSh shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi Charlz Braun Ukrainadagi urush va xavfsizlik masalalarini muhokama qilish uchun telefon orqali muloqot o‘tkazdi.

ABC telekanali, ushbu suhbat Rossiya tomonining tashabbusi bilan tashkil etilgan. Qo‘mita vakili Jeril Dorsi “Harbiy yetakchilar xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikning bir qator muhim masalalarini, jumladan, Ukrainadagi mojaro borasidagi vaziyatni muhokama qilishdi”, deb xabar bergan.

Suhbat davomida Gerasimov va Braun “noto‘g‘ri hisob-kitoblar va vaziyatning yanada keskinlashishidan qanday qochish mumkinligi” borasida fikr almashgan.

ABC telekanali yozishicha, Valeriy Gerasimov Charlz Braunni Rossiyaning O‘rta yer dengizidagi harbiy kemalaridan gipertovushli raketalar sinovini o‘tkazishi haqida ogohlantirgan.

Ushbu raketa sinovi 3-dekabr kuni Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, O‘rta yer dengizining sharqiy qismida bo‘lib o‘tgani e’lon qilindi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing