Rossiyada yo'lovchi poyezd va yuk poyezdining daxshatli to'qnashuvi sodir bo'ldi
Dunyo
Murmanskdan Sankt-Peterburgga yo‘l olgan ikki qavatli yo‘lovchi poyezdi Kandalaksha tumanidagi Knyazaya stansiyasida yuk poyezdi bilan to‘qnashdi. Natijada poyezdning orqa qismidagi to‘rt vagon relsdan chiqib ketgan.
Poyezdda jami 326 kishi bo‘lgan. Murmansk viloyati gubernatori o‘rinbosari va sog‘liqni saqlash vaziri Dmitriy Panyichevning so‘zlariga ko‘ra, 31 kishi jarohat olgan, ikki kishi vafot etgan.
"14 kishi shifoxonaga yotqizilgan, ulardan to‘rt nafarining ahvoli og‘ir. Qurbonlar soni ikki kishiga yetdi. Afsuski, yana bir yo‘lovchi shifoxonada vafot etdi", — deb yozdi RJD (Rossiya temir yo‘llari).
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa sababi yuk poyezdining texnik nosozligi bo‘lgan, deb xabar berdi TASS operativ xizmatlarga tayanib. Mashinist va uning yordamchisi qo‘lga olinib, ularga nisbatan jinoyat ishi ochilgan.
Rossiya temir yo'llari tomonidan, jarohat olganlar va qurbonlarning qarindoshlariga to‘lovlar undirib berilishi va’da qilindi.

Powered by Froala Editor