Rossiyadan Italiyagacha: O‘zbekistonni eng ko‘p tanlayotgan davlatlar

O'zbekiston

2025-yilning birinchi yarmida O‘zbekiston 784 mingga yaqin xorijiy sayyohni qabul qildi - bu bir yil oldingiga nisbatan 48 foizga ko‘pdir. Kelganlar soni bo‘yicha Rossiya, Turkmaniston va Qozog‘iston, uzoq xorij mamlakatlari orasida esa Xitoy yetakchilik qilmoqda.

Rossiyadan Italiyagacha: O‘zbekistonni eng ko‘p tanlayotgan davlatlar
2025-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonga sayohat maqsadida 783,7 ming xorijiy fuqaro tashrif buyurdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 255,1 ming kishiga yoki 48,3% ga ko‘pdir, deya xabar bermoqda Milliy statistika qo‘mitasi.

Birinchi o‘rinda Rossiya — 166,6 ming (21,2%), ikkinchi o‘rinda Turkmaniston — 123 ming (15,7%), uchinchi o‘rinda Qozog‘iston — 77,7 ming (9,9%).

Shuningdek, Qirg‘iziston — 71,6 ming (9,1%), Tojikiston — 49,1 ming (6,3%), Xitoy — 39,1 ming (5%), Turkiya — 29,3 ming (3,7%), Hindiston — 22 ming (2,8%), Italiya — 18,6 ming (2,4%), Janubiy Koreya — 14,9 ming (1,9%).

Yevropa davlatlari orasida Germaniya yetakchilik qilmoqda — 14,7 ming sayyoh. AQShdan esa 13,2 ming kishi tashrif buyurdi. Yana 143,9 ming mehmon boshqa mamlakatlardan kelgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing