Rossiyaga qarshi sanksiyalar Turkiya sayyohlik sanoatiga ta’sir o’tkazmoqda

Dunyo

Turkiyaning sayyohlik sanoati Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli to‘lovlar to‘sib qo‘yilgani sababli qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Bu haqda “Aydinlik” gazetasi xabar berdi.

Rossiyaga qarshi sanksiyalar Turkiya sayyohlik sanoatiga ta’sir o’tkazmoqda
"Turizm sohasidagi o'n minglab tadbirkorlarimiz katta yo'qotishlarga duch kelishmoqda", — dedi Vatan partiyasi raisining o'rinbosari Serdar Uskyuplu. Uning ta'kidlashicha, Turkiya biznesi AQSh tomonidan katta bosim ostida qolgan.

Uskyuplu, muammolar nafaqat sayyohlik, balki ikki hamkor oʻrtasidagi umumiy iqtisodiy almashinuvga ham taʼsir qilayotganini qoʻshimcha qildi. Uning xulosasiga ko‘ra, Adolat va taraqqiyot partiyasi hukumati AQShning Rossiya bilan savdosiga aralashuviga yo‘l qo‘yishda davom etsa, mamlakat iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing