Rossiyaning 200 dan ortiq atleti sport fuqaroligini o'zgartirdi

Sport

Ukrainadagi urush fonida Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalar sabab boshqa davlatlarning sport fuqaroligi rossiyalik sportchilarga xalqaro musobaqalarda qatnashish imkoniyatini beradi. Sport fuqaroligini o'zgartirgan ruslar orasida eng ko'pi shaxmatchilar hisoblanadi.

Rossiyaning 200 dan ortiq atleti sport fuqaroligini o'zgartirdi
Rossiyaning kamida 204 nafar sportchisi, jumladan o'smirlar va o'z yo'nalishlari bo'yicha jahon hamda Yevropa chempionlari Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalar fonida o'z faoliyatini davom ettirish va xalqaro musobaqalarda qatnashish imkoniyatini qoʻlga kiritish uchun sport fuqaroligini o'zgartirdi, ayrimlari esa endi oʻzgartirmoqchi. Bu haqda "Холод " onlayn-nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, sportchilarning aksariyati sport fuqaroligini o'zgartirish haqida ochiqchasiga eʼlon qilmagan, shuning uchun bunday qarorlar faqat ro'yxatdan o'tish tartibidan o'tadigan musobaqalar paytida ma'lum bo'ladi.

Umuman olganda, Ukrainadagi urush fonida Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalar sabab boshqa davlatlarning sport fuqaroligi rossiyalik sportchilarga xalqaro musobaqalarda qatnashish imkoniyatini beradi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, sport fuqaroligini o'zgartirgan ruslar orasida eng ko'pi shaxmatchilar hisoblanadi. 2022-yildan 2023-yilgacha bo‘lgan davrda ushbu sport turi bo‘yicha 141 nafar rossiyalik o‘z bayrogʻini o‘zgartirgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing