Rossiyaning Eng Boy Odamlari Yil Boshidan Buyon $26,2 milliard Daromad Qildi

Biznes

Bloomberg Billionaires Index ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning boshidan 1 avgustgacha rossiyalik eng boy 26 biznesmenning umumiy boyligi $361,8 milliardni tashkil etdi.

Rossiyaning Eng Boy Odamlari Yil Boshidan Buyon $26,2 milliard Daromad Qildi
Vladimir Potanin, “Norilsk Nickel” kompaniyasining asosiy egalardan biri, yil boshidan buyon $498 million daromad qilgan va umumiy boyligi $31,6 milliardga yetgan.

Vagit Alekperov, “LUKOIL” neft kompaniyasining asoschisi, $3,24 milliard daromad qilib, boyligini $27,9 milliardga yetkazdi.

Vladimir Lisin, NLMK direktorlar kengashi raisi, yil boshidan $3,05 milliard daromad qildi va boyligi $27 milliardga yetdi.

Telegram asoschisi Pavel Durov 17-o‘rinda bo‘lib, uning boyligi $9,15 milliardga baholangan. Uning asosiy daromad manbai Telegram hisoblanadi, u mart oyida 900 million foydalanuvchiga ega bo‘lgan.

Wildberries asoschisi Tatyana Bakalchuk 20-o‘rinda joylashgan bo‘lib, uning boyligi $2,9 milliardga o‘sib, $8,39 milliardni tashkil etdi. Wildberries kompaniyasining asosiy ulushi unga tegishli.

Ayni paytda, USM holdingi asoschisi Alisher Usmonovning boyligi yil boshidan buyon $4,86 milliardga kamayib, $16,2 milliardni tashkil etdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing