Ruminiyada NATOning Yevropadagi eng yirik bazasi qurilishi boshlandi

Dunyo

Baza qurilishi alyansning Ukrainadagi mojaroning uzoq muddatli bo'lishi haqidagi umidlari bilan bevosita bog'liq. Bu haqda Euronews xabar berdi.

Ruminiyada NATOning Yevropadagi eng yirik bazasi qurilishi boshlandi
Uch ming gektarga yaqin maydonni egallagan NATO bazasi aslida Ruminiya harbiy-havo kuchlarining mavjud bo'lgan 57-aviabazasining "Mixail Kogelnichanu" ning kengaytirilgan versiyasiga aylanadi va uni to'laqonli shahar bilan taqqoslash mumkin. Uning hududida o'n mingga yaqin harbiylar oilalari bilan birga joylashtiriladi.

Baza NATOning Ukraina yaqinidagi eng muhim harbiy infratuzilmasiga aylanadi. U yerda rumin hokimiyati quruqlik va havo operatsiyalariga tayyorgarlik ko'rishni rejalashtirmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing