Ruslanbek Davletov Prezidentning yangi maslahatchisi etib tayinlandi

O'zbekiston

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan:

Ruslanbek Davletov Prezidentning yangi maslahatchisi etib tayinlandi
– Ruslanbek Quroltaevich Davletov O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma'rifiy va yoshlar masalalari bo'yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari bo'yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;

– Abdusalom Abdumavlanovich Azizov O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma'rifiy va yoshlar masalalari bo'yicha maslahatchisining yoshlar masalalari bo'yicha o'rinbosari lavozimiga tayinlandi;

– Suhrob Joraqulovich Yusupov O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma'rifiy va yoshlar masalalari bo'yicha maslahatchisi o'rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari bo'yicha maslahatchisi o'rinbosari lavozimidan ozod etildi;

– Adham Muratovich Turdiev O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma'rifiy va yoshlar masalalari bo'yicha maslahatchisi o'rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Administratsiyasi bo'limi mudiri lavozimidan ozod etildi;

– Muzaffar Murotovich Kamilov boshqa ishga o'tishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining din va millatlararo munosabatlar masalalari bo'yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;

– Olim Adilovich Saliev boshqa ishga o'tishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining din va millatlararo munosabatlar masalalari bo'yicha maslahatchisi o'rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing