Saidа Mirziyoyeva Bryusselda Ursula fon der Lyayen bilan uchrashdi

O'zbekiston

O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Bryusselda bo‘lib o‘tgan Global Gateway forumida ishtirok etdi va Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayen bilan uchrashdi. Bu haqdagi ma’lumot Saida Mirziyoyeva rasmiy kanalida e’lon qilindi.

Saidа Mirziyoyeva Bryusselda Ursula fon der Lyayen bilan uchrashdi
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, barqaror rivojlanish, innovatsiyalar va investitsiyalar sohasidagi istiqbollar muhokama qilindi.

Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston-Yevropa hamkorligi yanada mustahkamlanishiga ishonch bildirdi va o‘zaro muloqot hamda qo‘shma tashabbuslarning ahamiyatini ta’kidladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing