Saida Mirziyoyeva: IT olami, jinsidan qat’i nazar, hamma uchun joy bo‘la oladi
Texnologiya
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Digital Generation Uzbekistan NNT bilan hamkorlikda 25–29-mart kunlari “Raqamli avlod” loyihasi doirasida “Raqamli avlod qizlari-2024” Respublika tanlovi tashkil etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur loyihadan ko‘zlangan maqsad ayollar va qizlarni axborot texnologiyalari sohasidagi zamonaviy kasb-hunarlarga yo‘naltirish, ularning g‘oya va loyihalarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
“Texnologiya olamidagi sa’y-harakatlaringiz va yutuqlaringiz ilhomlantiribgina qolmay, IT olami jinsidan qat’i nazar, hamma uchun joy bo‘la olishini namoyon etadi”, — deb ta’kidladi Prezidentning birinchi yordamchisi Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram’dagi kanalida.
“Raqamli avlod qizlari” IT-tadbirida tajribali murabbiylar ishtirokida Digital Art, 3D Modelling, Startup loyihalar, Graphic Design kabi turli yo‘nalishlar bo‘yicha ham onlayn, ham oflayn darslar o‘tkazildi.
Offlayn mashg‘ulotlarga qariyb 200 nafar (shundan 15 nafar afg‘onistonlik qizlar), onlayn darslarga esa 3000 ga yaqin sohaga qiziquvchi yoshlar jalb etildi.

Powered by Froala Editor