Saida Mirziyoyeva Londonda qator uchrashuvlar o‘tkazdi

O'zbekiston

Buyuk Britaniyaga tashrif doirasida Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan bir qator muhim uchrashuvlar o‘tkazdi.

Saida Mirziyoyeva Londonda qator uchrashuvlar o‘tkazdi
U baronessa Ariyel Malard de Rotshild bilan uchrashib, samimiy qabul va qiziqarli ekskursiya uchun minnatdorlik bildirdi. Mirziyoyeva ta’kidladi: bugungi O‘zbekiston — aniq islohot strategiyasi va mustahkam iqtisodiy asosga ega jadal rivojlanayotgan mamlakat. Rothschild & Co kompaniyasining islohotlardagi faol ishtiroki hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini ochmoqda.

U “Yangi O‘zbekiston — katta imkoniyatlar mamlakati” nomli davra suhbatida ham qatnashdi. Mirziyoyeva hozirda mamlakatda 270 dan ortiq britan kompaniyasi faoliyat yuritayotganini qayd etdi va bu son yanada ortishiga ishonch bildirdi.

London roadshow doirasida u Buyuk Britaniya G‘aznachiligi iqtisodiy kotibi Lyusi Rigbi bilan uchrashdi. Tomonlar O‘zbekistonda islohotlar jarayoni va mamlakatning JSTga qo‘shilish masalalarini muhokama qildilar.

Mirziyoyeva britan hukumati tomonidan bildirilayotgan to‘liq qo‘llab-quvvatlov uchun minnatdorlik izhor etdi. Shuningdek, britan biznes vakillari O‘zbekistondagi loyihalar va hamkorlik istiqbollari haqida ma’lumot berdilar.

Tashrif yakunida Saida Mirziyoyeva Buyuk Britaniya vitse-premyeri va adliya vaziri Devid Lemmi bilan uchrashdi. Uchrashuvda Kembrij dasturlarini O‘zbekiston maktablarida joriy etish, Oksfordda o‘zbek tili loyihalarini yo‘lga qo‘yish, hamda ingliz tili o‘qituvchilarini jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Mirziyoyeva bunday tashabbuslar xalqaro do‘stlik va madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing