Saida Mirziyoyeva YeXHTning OAV erkinligi masalalari bo‘yicha vakili bilan uchrashdi

O'zbekiston

Unda axborot kodeksi tuzish g‘oyasi ilgari surildi.

Saida Mirziyoyeva YeXHTning OAV erkinligi masalalari bo‘yicha vakili bilan uchrashdi
16-noyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT)ning OAV erkinligi masalalari bo‘yicha vakili Tereza Ribeyro bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Mirziyoyeva oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qildi.

Uchrashuvda dunyoda so‘z erkinligi masalasida yuzaga kelayotgan va ba’zan avjiga chiqayotgan ziddiyatlar hamda bu sohadagi imkoniyatlarni muhokama qilingan va axborot kodeksi tuzish g‘oyasi ilgari surilgan.

“Biz hozir ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish bosqichidamiz. Axborot kodeksi loyihasi ishlab chiqilmoqda. So‘nggi yillarda OAV sohasida yuz bergan ijobiy o‘zgarishlarni saqlab qolish va jurnalistlarni himoya qilish biz uchun juda muhim”, dedi Mirziyoyeva.

Bundan tashqari, uchrashuvda ushbu mavzu doirasida istiqboldagi qo‘shma loyihalar muhokama qilingan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing