Saida Mirziyoyeva “Zakovat-Gambit” g‘oliblarini tabrikladi

Sport

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva “Zakovat-Gambit” shaxmat turniri g‘oliblarini tabriklab, bu loyiha qisqa vaqt ichida xalqaro e’tirofga sazovor bo‘lganini ta’kidladi.

Saida Mirziyoyeva “Zakovat-Gambit” g‘oliblarini tabrikladi
Saida Mirziyoyevaning rasmiy kanalida ma’lum qilinishicha, bu yilgi to‘rtinchi “Zakovat-Gambit” turnirida 2210 nafar shaxmatchi ishtirok etdi, ularning 286 nafari ayol-qizlar bo‘ldi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, loyiha shubha va ishonchsizliklardan boshlab xalqaro tan olinishga qadar bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan va bugun o‘zbekistonlik shaxmatchilarning faxriga aylangan.

“Ayniqsa, qizlarimizning g‘alabalari meni juda quvontirdi. Barcha ishtirokchilarga omad va eng muhimi, o‘zlariga ishonch tilayman”, — dedi Saida Mirziyoyeva.

“Zakovat-Gambit” bugungi kunda shunchaki musobaqa emas, balki yoshlar uchun intellektual sahna, ilhom manbai va teng imkoniyatlar ramziga aylangan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing