Samarqand dunyoning yosh parlamentariylarini bir joyga jamlaydi
O'zbekiston
4–6-sentabr kunlari Samarqandda Parlamentlararo Ittifoqning (PI) XII Global Yosh Parlamentariylar konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Unda qariyb 300 nafar parlament va xalqaro tashkilot vakili ishtirok etishi kutilmoqda. Konferensiyaning asosiy mavzusi zamonaviy global muammolar sharoitida inson huquqlari, adolat va qadr-qimmatni himoya qilish masalalariga bag‘ishlanadi.
Konferensiyani Parlamentlararo Ittifoq va O‘zbekiston Parlamenti hamkorlikda tashkil etmoqda. Tadbirda 183 mamlakat delegatsiyalari, 15 xalqaro tashkilot vakillari hamda qariyb 50 nafar doimiy kuzatuvchi qatnashishi kutilmoqda.
Kun tartibidan yoshlarning huquq va manfaatlariga bevosita taalluqli masalalar o‘rin olgan. Ishtirokchilar mojarolar sharoitida yoshlar huquqlarini himoya qilish, raqamli transformatsiya davrida raqamli huquqlarni ta’minlash, yoshlarning siyosiy imkoniyatlarini kengaytirish, iqtisodiy huquqlari va bandligini ta’minlash hamda iqlim barqarorligi masalalarini muhokama qiladi.
Konferensiyaning rasmiy ishchi majlislari 4–5-sentabr kunlari o‘tkaziladi. Dastur olti tematik sessiyani, jumladan, mojarolar sharoitida yoshlar huquqlarini himoya qilish, raqamli huquqlarni ta’minlash va iqlim barqarorligi masalalariga bag‘ishlangan muhokamalarni qamrab oladi. Shuningdek, ishchi guruhlar, treninglar va muloqot maydonlari kabi interaktiv formatlar ham ko‘zda tutilgan.
Konferensiya yosh parlamentariylar uchun tajriba almashish, samarali amaliyotlarni taqdim etish va kun tartibidagi muhim masalalar bo‘yicha qo‘shma yondashuvlarni ishlab chiqish imkonini beradi. Tadbir yakunida ishtirokchilarning tavsiyalari va umumiy yondashuvlarini o‘z ichiga olgan yakuniy hujjat qabul qilinishi kutilmoqda.
XII Global konferensiya Parlamentlararo Ittifoq tomonidan 2014-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan yosh parlamentariylar uchun yillik muloqot platformasining navbatdagi yig‘ilishi hisoblanadi. 6-sentabr kuni konferensiya ishtirokchilari uchun mezbon mamlakat parlamenti tomonidan madaniy dastur tashkil etiladi.

Powered by Froala Editor