Samarqand xalqaro aeroportida yo‘lovchilar oqimi keskin oshdi

O'zbekiston

Samarqand aeroportida yo‘lovchilar tashish oqimi joriy yilning birinchi yarmida ikki baravar ko‘paydi va tarixiy rekord darajaga yetdi. Yoʻlovchilar Moskva, Istanbul, Sankt-Peterburg, Dubay va Abu-Dabiga koʻproq parvoz qilishgan.

Samarqand xalqaro aeroportida yo‘lovchilar oqimi keskin oshdi
Samarqand xalqaro aeroporti 2023-yilning birinchi yarmida tarixiy rekordni yangiladi va qariyb 440 ming nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 121,4 foizga yoki 241 080 yo‘lovchiga ko‘p. Bu haqda aeroport matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, yo‘lovchilar oqimining ko‘payishi yetakchi tashuvchilarning samaradorligini oshirish va yangi sheriklarni jalb qilish bilan bog‘liq: 2023-yilda Samarqand aeroportidan 2 ta xorijiy aviakompaniya (Jazeera Airways, A/K Pobeda) va O‘zbekistonning yangi mintaqaviy aviakompaniyasi Silk Avia parvozlarni Toshkent, Buxoro hamda Urganch shaxarlarga parvozlarni amalga oshirmoqda.

Yo‘lovchi oqimining asosiy o‘sishi xalqaro yo‘nalishlarga to‘g‘ri keldi: ushbu reyslarda qariyb 394 ming yo‘lovchilarga (+116,9%) xizmat ko‘rsatilgan. Samarqanddan Moskva, Istanbul, Sankt-Peterburg, Dubay va Abu-Dabiga parvozlar 2023-yilning birinchi yarmida eng mashhur bo‘ldi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing