Samarqandda “Grand Swiss 2025” shaxmat turniri start oldi

Sport

Bugun Silk Road Samarkand turizm majmuasida dunyoning eng yirik shaxmat musobaqalaridan biri — “Grand Swiss 2025” boshlandi. Unda 39 mamlakatdan 172 nafar shaxmatchi ishtirok etmoqda.

Samarqandda “Grand Swiss 2025” shaxmat turniri start oldi
Turnir 15-sentabrgacha davom etib, 2026-yilgi Jahon chempionati uchun erkaklar va ayollar o‘rtasidagi “Talabgorlar turniri”ga 2 nafardan shaxmatchini aniqlab beradi. Umumiy mukofot jamg‘armasi 855 ming AQSh dollari bo‘lib, erkaklar bahsiga 625 ming, ayollar musobaqasiga esa 230 ming dollar ajratilgan.

Musobaqaning asosiy favoritlari orasida hindistonlik Rameshbabu Praggmanandxa hamda O‘zbekistonning yosh yulduzlari — Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Nodirbek Yoqubboyev, shuningdek ayollar terma jamoamiz vakillari Gulruhbegim Tohirjonova, Guldona Karimova, Umida Omonova bor.

Samarqand uchun bu turnir nafaqat yirik sport voqeasi, balki shaharni xalqaro intellektual musobaqalar markazi sifatida targ‘ib etish yo‘lida muhim qadamdir.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing