Samarqandda sivilizatsiyalar uchrashdi
O'zbekiston
Italiya Bosh vaziri Jorja Melonining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida ikki mamlakat yetakchilari "O‘zbekiston va Italiya: sivilizatsiyalar muloqoti" nomli ko‘rgazma bilan tanishdi, unda ikki mamlakat o‘rtasidagi Kushon imperiyasi davridan to bugungi kungacha bo‘lgan noyob tarixiy-madaniy aloqalar ochib berilgan.
Ekspozitsiya ikki xalq o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning asosiy bosqichlariga bag‘ishlangan to‘qqizta tematik bo‘limni o‘z ichiga oladi. "Rim va Kushon imperiyalarining savdo munosabatlari," "Birinchi Uyg‘onish davri," "Marko Polo," "Amir Temur," "Mirzo Ulug‘bek," "Mirzo Bobur," "XIX asrda O‘zbekistondagi italiyaliklar," "Ikkinchi jahon urushida o‘zbekistonliklarning Italiyani ozod qilishga qo‘shgan hissasi," "O‘zbekiston va Italiya: madaniy merosni asrash" shular jumlasidandir.
Ko‘rgazmani taniqli italiyalik usta Mauro Pellizzonni tomonidan Florensiya mozaikasi texnikasida ishlangan mashhur Afrosiyobning "Samarqand hukmdori tomonidan elchilarni qabul qilish marosimi" devoriy suratining reproduksiyasi ochib beradi.
Yetakchilar O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi ko‘p asrlik madaniy va ilmiy muloqotni aks ettiruvchi tarixiy ashyolar, qo‘lyozmalar, miniatyuralar, haykallar, nodir adabiy nashrlar, arxiv hujjatlari va raqamli proyeksiyalar bilan tanishdi.

Powered by Froala Editor