Samira Shokirova - qilichbozlik bo‘yicha jahon kubogi g‘olibi
Sport
O‘zbekistonlik qilichboz Samira Shokirova mamlakatimiz sport an’analarini davom ettirib, yoshlar o‘rtasidagi qilich bilan qilichbozlik bo‘yicha jahon kubogida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Hal qiluvchi bahsda u raqiblarini ishonch bilan yengib, barcha raqobatchilarini ortda qoldirdi.
Gruziya poytaxtida o‘tkazilgan qizlar o‘rtasidagi musobaqada Shokirova a’lo darajadagi mahoratini namoyish etib, birinchi o‘rinni egalladi. Italiyalik Mariella Viale ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi, bronza medallari esa vengriyalik Janet Kovash va betaraf sportchi Aleksandra Mixaylovaga nasib etdi.
Powered by Froala Editor