Sanksiyalarga qaramasdan Rossiyaga samolyot ehtiyot qismlari olib kelingan — NYT

Dunyo

Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga keng miqyosli bosqinidan keyin kiritilgan sanksiyalarga qaramay, Boeing va Airbus samolyotlari uchun ehtiyot qismlar 2022-yilda Rossiyaga olib kirilgan. Bu haqda The New York Times nashri xabar berdi.

Sanksiyalarga qaramasdan Rossiyaga samolyot ehtiyot qismlari olib kelingan — NYT
Nashr maʼlumotlariga koʻra, yetkazib berish front kompaniyalari orqali amalga oshirilgan va samolyot qismlarini soʻnggi xaridorlari “Aeroflot”, “Pobeda”, “Ural”, “Rossiya”, “UTair” va S7 Airlines aviakompaniyalari boʻlgan.

2022-yil may oyidan beri Rossiya Federatsiyasiga 14,4 million dollardan ortiq qiymatdagi samolyot qismlari oʻrin olgan besh mingdan ortiq yuk jo‘natilgan. Yetkazib berish asosan BAA, Xitoy, Turkiya va Maldiv orollari orqali amalga oshirilgan.

11-may kuni AQShda eksport nazoratini buzish va pul yuvishda ayblanayotgan ikki rossiyalik hibsga olindi. NYT maʼlumotlariga koʻra, ular Rossiya aviakompaniyalari uchun ehtiyot qismlar yetkazib berish sxemasi tashkilotchilari boʻlishi mumkin.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing