Sardor Umurzakov va Suma Chakrabarti O‘zbekistonning JSTga a'zo bo‘lish masalasini muhokama qildi

Siyosat

O‘zbekiston prezidentining maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi Sardor Umurzakov Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining sobiq prezidenti, prezident Shavkat Mirziyoyevning iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Suma Chakrabarti bilan uchrashdi.

Sardor Umurzakov va Suma Chakrabarti O‘zbekistonning JSTga a'zo bo‘lish masalasini muhokama qildi
Bu haqda Suma Chakrabarti ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma'lum qildi. U o‘z postiga Sardor Umurzakov bilan suhbatlashgani aks etgan rasmni ilova qilgan.

Qayd etilishichga, u Sardor Umurzakov va Oʻzbekiston davlat rasmiylari bilan JSTga a'zo bo'lish va bu bo'yicha olib borilayotgan ishlarni muhokama qilgan.

“Bunday muhim ishlarda Sardorning qo'llab-quvvatlashi har doim ajoyibdir. Ushbu masalalarni muhokama qilish uchun prezident Mirziyoyev huzurida boʻldik. Shundan so‘ng, prezident 2024-yilda islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritamiz”ni tasdiqladi”, dedi Suma Chakrabarti.

Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev maslahatchisi Suma Chakrabartini qabul qilgan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing