Saudiya Arabiston O'zbekistonda uchta energetik loyihani ishga tushirdi

O'zbekiston

"O'zbekistonda "ACWA Power" kompaniyasining qayta tiklanadigan energetika bo'yicha 3 ta loyihaning ochilish marosimi bo'lib o'tdi". Bu haqida Saudiya Arabistonining "Swift News" elektron nashri xabar berdi.

Saudiya Arabiston O'zbekistonda uchta energetik loyihani ishga tushirdi
"Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida O'zbekistonda "ACWA Power" kompaniyasining qayta tiklanadigan energiya manbalari bo'yicha uchta loyihaning ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Ushbu tadbirda Saudiya Arabistoni energetika vaziri Abdulaziz bin Salmon bin Abdulaziz onlayn tarzda ishtirok etdi". Energetika vaziri Abdulaziz bin Salmon bin Abdulaziz o'z nutqida ikki mamlakat o'rtasidagi o'zaro hamkorlik aloqalari barcha sohalarda, xususan, energetika jabhasida tobora rivojlanib borayotganini ta'kidladi.

Qayd etilishicha, ikki do'st davlat o'rtasidagi iqtisodiy sohadagi hamkorlik, jumladan, "O'zbekiston-2030" strategiyasi va "Saudi Vision 2030" dasturida bir-biriga hamohang maqsadlar o'rin olgan. "Saudiya-O'zbekiston ishbilarmonlar kengashi raisi, "ACWA Power" kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Muhammad Abunayan mazkur tadbirdagi nutqida kompaniyaning respublikada erishgan yutuqlari muhimligini ta'kidladi".

"ACWA Power" kompaniyasi va O'zbekiston hukumati o'rtasidagi hamkorlik aloqalari o'rnatilgandan shu kunga qadar umumiy qiymati salkam 3 milliard dollarga teng bo'lgan to'rtta yirik loyiha amalga oshirildi. Mavjud loyihalar portfeli esa 15 milliard dollarga baholanmoqda".

So'nggi yillarda Saudiya Arabistonining O'zbekistonga elektr energiya sohasiga kiritgan investitsiyalari sezilarli darajada o'sib bormoqda. Bu esa o'z navbatida aholining farovon turmush tarzini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing