Saudiya Arabistoni Falastin davlati tuzilmasa Isroil bilan kelishuvdan voz kechdi
Dunyo
Ar-Riyod Trampning so‘zlariga keskin javob qaytarib, Falastin bo‘yicha har qanday murosalarni rad etdi. Saudiya Arabistoni mustaqil Falastin davlatini tuzmasdan turib, Isroil bilan munosabatlarni normallashtirmasligini ma’lum qildi. Bu bayonot AQSH prezidenti Donald Trampning avvalroq Ar-Riyod go‘yoki boshqa bunday shartlarni ilgari surmayotgani haqidagi so‘zlariga javob bo‘ldi.
Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi bayonotida podshohlikning bu boradagi pozitsiyasi "aniq va ravshan" ekani va qayta ko‘rib chiqilmasligi ta’kidlangan. Ar-Riyod, shuningdek, falastinliklarni o‘z yerlaridan siqib chiqarishga bo‘lgan har qanday urinishlarni qoraladi.
Avvalroq Tramp G‘azo sektori aholisi "ko‘chirilganidan" keyin AQSH uni nazorat ostiga olishi mumkinligini aytib, dunyo jamoatchiligini shokka tushirgandi. Bu nafaqat arab davlatlari, balki AQShning g‘arbiy ittifoqchilarining ham keskin reaksiyasiga sabab bo‘ldi.
G‘azo urushi boshlanishidan oldin Vashington Isroil va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha muzokaralarni faol ravishda ilgari surgan. Biroq shafqatsiz mojaro va Trampning so‘nggi bayonotlari bu jarayonni yanada murakkablashtirdi.

Powered by Froala Editor