Savdo aylanmasi 150 foizga oshdi: O‘zbekiston va Fransiya ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlamoqda

Iqtisodiyot

O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik savdo hajmining o‘sishi va yirik investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi fonida yangi sur’at kasb etmoqda. 9-iyul kuni davlat idoralari vakillari va Fransiyaning 17 ta yetakchi kompaniyasi ishtirokida O‘zbekiston–Fransiya davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Savdo aylanmasi 150 foizga oshdi: O‘zbekiston va Fransiya ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlamoqda
Muzokaralarda investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov, Prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Sherzod Ozodzoda, Prezident maslahatchisi Behzod Normatov hamda MEDEF International huzuridagi Fransiya–O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi raisi Klod Imoven ishtirok etdi.

2025-yilda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo aylanmasi $1,4 mlrdga yetgani, 2026-yil yanvar–may oylarida esa $775 mlnni tashkil etib, 150 foizga oshgani qayd etildi.

Tomonlar investitsiyaviy va texnologik hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi. Asosiy loyihalar qatorida EDF bilan $2 mlrdlik energetika tashabbuslari, Navoiy viloyatidagi Orano kompaniyasining $600 mlnlik loyihasi hamda Voltalia kompaniyasining $325 mlnlik quyosh va shamol energetikasi loyihalari bor.

Tomonlar strategik sheriklik doirasida amaliy hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyorligini bildirdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing