Sea Breeze Slovakiya Prezidentiga kurort-shahar rivojlanish rejalarini taqdim etdi

Dunyo

Slovakiya Prezidenti Peter Pellegrini Kaspiy dengizi bo‘yida joylashgan Sea Breeze kurort majmuasiga tashrif buyurib, mintaqadagi eng yirik turar joy va turizm loyihalaridan birining rivojlanish konsepsiyasi bilan tanishdi.

Sea Breeze Slovakiya Prezidentiga kurort-shahar rivojlanish rejalarini taqdim etdi
Tashrif davomida Sea Breeze asoschisi Emin Agalarov davlat rahbariga amalga oshirilgan loyihalar hamda majmuaning kelgusi rivojlanish rejalari haqida ma'lumot berdi. Suhbatda zamonaviy shahar muhiti, turar joy infratuzilmasi va jamoat hududlarini rivojlantirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Hozirda Sea Breeze 500 gektar maydonni egallaydi. Majmuada 3 million kvadrat metrdan ortiq turar joy va tijorat ko‘chmas mulki foydalanishga topshirilgan, 500 dan ortiq obyekt qurilgan. Bu yerda 20 ming kishi istiqomat qilmoqda. Rejalarga ko‘ra, 2028 yilga borib aholi soni 50 mingdan, loyiha to‘liq yakunlangach esa 500 mingdan oshadi.

Hududning katta qismi bog‘lar, plyajlar va dam olish maskanlari uchun ajratilgan. Majmuada maktab, bolalar bog‘chasi, shifoxona va boshqa ijtimoiy infratuzilma barpo etilgan. Obodonlashtirish ishlari doirasida 10 millionga yaqin daraxt va o‘simlik ekilib, yashil hududlar maydoni 300 gektarga yetkazilgan.

Sea Breeze Boku markazidan taxminan 30 daqiqalik masofada joylashgan bo‘lib, turar joy, tijorat, sayyohlik va dam olish infratuzilmasini o‘zida mujassam etgan yirik ko‘p funksiyali kurort loyihasi hisoblanadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing