Senat va Notarial palata hamkorlikni mustahkamlamoqda
O'zbekiston
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasi notariat tizimini yanada takomillashtirish, qonunchilikni rivojlantirish va huquqiy xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzoladi.
Hujjat notariat sohasidagi huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish, sohani rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish hamda tajribali mutaxassislarni Senat qo‘mitasi huzuridagi ekspert va ishchi guruhlar faoliyatiga jalb etishni nazarda tutadi.
Tomonlar notarial xizmatlar sifatini oshirish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish, sohani raqamlashtirish va qonunchilik bazasini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratadi. Shuningdek, yangi qonunlarning mazmun-mohiyatini keng tushuntirish, uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash va aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida qo‘shma konferensiyalar hamda seminarlar tashkil etiladi.

Powered by Froala Editor